Kasbiy ta’lim agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–190-son Farmoni va PQ–316-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda kasbiy taʼlim tashkilotlari boshqaruv va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar-treninglar davom etmoqda.
Seminar-treninglarda viloyatlardagi kasbiy ta’lim boshqarmasi mas’ul xodimlari, hududlardagi kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar, taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi masʼul xodimlari hamda prof-emis.edu.uz va my.moqt.uz raqamli platformalarni yuritishga masʼul mutaxassislar ishtirok etdilar.
Seminar-treninglarda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rahbar va mutaxassislari tomonidan raqamli boshqaruvni takomillashtirish, prof-emis.edu.uz va my.moqt.uz platformalaridan samarali foydalanish, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari hamda ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Seminar yakunida raqamli platformalardan foydalanish samaradorligini oshirish, ma’lumotlar sifatini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Izoh qoldirish