Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti jamoasi uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.

Joriy yilning 7-iyul kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun institut rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki turizmni rivojlantirish, jamoa a’zolarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, milliy va diniy merosimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosi, buyuk allomalarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tashrif insonlarni mehr-oqibat, hurmat, bag‘rikenglik va ezgulikka chorlovchi muhim ma’naviy qadriyat ekani, u shaxsning axloqiy kamoloti, oila va jamiyatdagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Institutda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, tarixiy-madaniy merosimizni keng targ‘ib etish hamda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan bunday tadbirlarni muntazam tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish