Yangiliklar va e'lonlar

«Xalq so‘zi» gazetasida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti direktorining maqolasi chop etildi.

«Xalq so‘zi» gazetasining 2026-yil 5-iyul 136-sonida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, professor. Kadirov Xayot Sharipovichning «Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar davri» sarlavhasidagi maqolasi chop etildi.

Maqolada bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining mazmun-mohiyati ilmiy-tahliliy jihatdan yoritilib, inson kapitalini rivojlantirish, bilimlar iqtisodiyotiga o‘tish, zamonaviy va mehnat bozori talablariga mos kasblarga tayyorlash, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion rivojlanish mexanizmlarini takomillashtirish orqali yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani atroflicha so‘z yuritiladi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy kasblarga tayyorlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Maqolada Yoshlar – mamlakatning asosiy inson kapitali, yoshlarga oid davlat siyosatining yangi bosqichi, bilimlar iqtisodiyoti va intellektual mehnatning ahamiyati, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash natijalari hamda ta'lim va zamonaviy kasblarga tayyorlash masalalari alohida e’tirof etilgan.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish