Joriy yilning 30-iyun kuni Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida Ilmiy-pedagogik kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida institutda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash rejasining bajarilish holati hamda tahlili muhokama qilindi. Shuningdek, professor-o'qituvchilarning 6 oylik yakunlari, shaxsiy ish rejalarining bajarilishi va kafedralarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kafedra mudirlarining hisobotlari tinglandi. Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha, tanqidiy-tahliliy yondashuv asosida muhokama qilinib, ularni samarali amalga oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Izoh qoldirish