2026-yil 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-dekabrdagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish" bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi binoan xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Institutimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mutaxassislari tomonidan quyidagi mavzularda:
-> Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari;
-> davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari;
-> manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari;
-> sovg‘alar olish va berish tartibini tushuntirish ishlari hamda davra suhbatlari.
Uchrashuv ishtirokchilari uchun “Akademik halollikni o‘zingizga qonun sifatida qabul qilib oling” hamda “Halollik vaksinasi va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan eng muhim islohotlar” mavzularidagi videorolik va kontentlar namoyish etildi.
Tadbirning asosiy ma’ruzachisi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy ta’lim markazi”dan yuridik fanlari falsafa doktori (PhD) Rasulova Gulbahor Abidjanovna yuqori mahorat bilan faol ishtirok etdilar.
Izoh qoldirish