Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti va SFUVET o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 24-iyun kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida Shveysariyaning Kasbiy ta’lim va trening bo‘yicha federal universiteti (SFUVET), Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti hamda Helvetas VET4UZ loyihasi vakillari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.
Jumladan, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori Kadirov Xayot Sharipovich va boshqa vakillari, VET4UZ loyihasi rahbari Simone Strasburger, Shveytsariya SFUVET tashkilotining katta maslahatchisi va katta o‘qituvchisi Emanuel Wuthrich hamda VET4UZ loyihasining ta’lim samaradorligi bo‘yicha katta eksperti Shukhrat Kamolov o‘z taqdimotlari bilan qatnashdilar. Uchrashuv davomida kasbiy ta’lim pedagoglarini amaliy faoliyatga samarali tayyorlash, kompetensiyaga asoslangan ta’limni joriy etish, SFUVETning innovatsion pedagogik yondashuvlarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish hamda pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada takomillashtirish maqsadida mavjud yo‘l xaritasini qayta ko‘rib chiqish va mukammallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar kompetensiyaga asoslangan ta’limni keng joriy etish, tajriba almashish va kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish