Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta'lim tizimida malaka oshirish jarayonlari muhokama qilindi

2026-yil 22-iyun kuni  Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida Toshkent shahridagi barcha texnikumlar uchun my.moqt.uz elektron platformasida ishlash bo'yicha amaliy seminar-trening bo'lib o'tdi.

Tadbir ishtirokchilari:
-> o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari
-> kadrlar bo'yicha inspektorlar
-> ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha bosh mutaxassislar

Asosiy e'tibor qaratilgan yo'nalishlar:
-> my.moqt.uz platformasi imkoniyatlaridan to'liq va samarali foydalanish
-> rahbar va pedagog kadrlar to'g'risidagi ma'lumotlarni muntazam yangilab borish
-> malaka oshirishni aniq rejalashtirish va mas'uliyatni kuchaytirish

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi "Kasbiy ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-316-son qarori ijrosini samarali ta'minlashga qaratildi.

Seminar yakunida joriy yilning sentabr oyidan boshlab rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish