Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti direktori Kadirov Xayot Sharipovich UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida UNESCOning kasbiy ta'lim sohasidagi xalqaro tajribasi, TVET tizimini rivojlantirish, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta'lim sifati va baholash tizimlarini takomillashtirish, shuningdek raqamli kompetensiyalar hamda yashil ko'nikmalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kasbiy ta'lim muassasalari faoliyatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, UNESCO-UNEVOC tarmog'i doirasida hamkorlikni kengaytirish, mikro-malakalar tizimini joriy etish hamda qo'shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar kasbiy ta'limni rivojlantirish sohasidagi istiqbolli hamkorlik imkoniyatlari, qo'shma loyihalar va kelgusidagi hamkorlik rejalari yuzasidan muzokaralar olib bordilar.
Izoh qoldirish