Ushbu konferensiyada kasbiy ta’lim sohasida institutsional yaxlitlik va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilishdagi muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish va ularga ilmiy yechimlar topish masalalari ko‘rib o‘tidi.
Mazkur anjumanda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rahbariyati, professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, Respublikamizning turli hududlaridan soha mutaxassislari, Kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari va o‘qituvchilari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Anjuman yakunida kasbiy ta’lim tizimida xalqaro ta’lim dasturlari asosida kasbiy ta’lim muassasalarining yangi qiyofasini yaratish va kadrlar tayyorlashni sifat bosqichiga olib chiqish muammo va yechimlari hamda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan tavsiyalar anjuman qatnashchilariga taqdim etildi.
Izoh qoldirish