Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institut jamoa va tinglovchilari JCH 2026 dagi “Oʻzbekiston-Kolumbiya” oʻyinini birgalikda tomosha qilmoqda.

Institut jamoa va tinglovchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasinining chiqishini qo‘llab-quvvatlab, gʻalaba tilaydi.

✅ Bu nafaqat futbol uchrashuvi, balki yurtimiz sha’ni, milliy g‘ururimiz va vatanparvarlik tuyg‘ularimiz namoyon bo‘ladigan tarixiy lahzalardan biridir. Har bir hayqiriq, har bir olqish va har bir qo‘llab-quvvatlashimiz futbolchilarimizga kuch, ishonch va g‘alabaga bo‘lgan intilishni yanada oshiradi.
 Keling, bir jamoa, bir yurak, bir Vatan farzandlari sifatida O‘zbekiston milliy terma jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! Yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan futbolchilarimizga ulkan zafarlar tilaymiz. Maydonda kuch-gʻayrat va gʻalaba ruhi sizlarni tark etmasin!
Tarixiy uchrashuv Toshkent vaqti bilan 07:00da boshlandi. Oʻzbekiston, olgʻa! Biz sizlar bilan faxrlanamiz!



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish