«YANGI O‘ZBEKISTON» gazetasining 4-iyun 112-sonida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, professor. Kadirov Xayot Sharipovichning «Kasbiy taʼlim taraqqiyotimizning inson kapitaliga tayangan kuchi» sarlavhasidagi maqolasi chop etildi.
Maqolada bugungi kunda kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlashdagi ahamiyati atroflicha so‘z yuritiladi. Shuningdek, dual ta’lim tizimi, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish, ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, pedagoglar malakasini oshirish va texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
✅ Maqolada kasbiy ta’lim muassasalari faoliyatining amaliy natijadorligini oshirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish hamda ularni mehnat bozorida munosib o‘rin egallashga tayyorlash masalalari alohida e’tirof etilgan.
Izoh qoldirish