Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta'lim tizimida malaka oshirish jarayonlari muhokama qilindi.

2026-yil 15–16-iyun kunlari Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida Respublika seminar-treningi bo'lib o'tdi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi "Kasbiy ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-316-son qarori ijrosini samarali ta'minlashga bag'ishlandi.
Seminarda Kasbiy ta'lim agentligi, institut rahbariyati, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta'lim boshqarmalarining malaka oshirish jarayonlariga mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Muhokama qilingan asosiy yo'nalishlar:

1. 2026-yilgi malaka oshirish rejasining fevral–may oylaridagi ijrosi tahlili;
2. my.moqt.uz platformasi imkoniyatlaridan to'liq va samarali foydalanish;
3. rahbar va pedagog kadrlar to'g'risidagi ma'lumotlarni muntazam yangilab borish;
4. malaka oshirishni aniq rejalashtirish va mas'uliyatni kuchaytirish.

✅ Tadbir yakunida joriy yilning sentabr oyidan boshlab kasbiy ta'lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish