Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori Kadirov Xayot Sharipovich QS World University Rankings reytingida dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida e’tirof etilgan Kembrij universitetining Ta’lim islohotlari va hamkorlik dasturlari bo‘yicha Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika mintaqalari rahbari Stiv King bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Kembrij universitetining xalqaro miqyosda hamda O‘zbekistonda ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy baholash tizimlarini joriy etish va pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribasi muhokama qilindi. Shuningdek, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, kompetensiyaga asoslangan ta’limni rivojlantirish, mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash hamda sohada ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar kasbiy ta’limni rivojlantirish yo‘nalishidagi istiqbolli hamkorlik imkoniyatlari, qo‘shma loyihalar va kelgusidagi hamkorlik rejalari yuzasidan muzokaralar olib bordilar.
Izoh qoldirish