Yangiliklar va e'lonlar

Oʻzbekiston va Germaniya kasbiy taʼlim sohasida hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi.

Berlin shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Germaniya Federativ Respublikasining Taʼlim, oila ishlari, keksalar, ayollar va yoshlar masalalari boʻyicha Federal vazirligi oʻrtasida kasbiy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv imzolandi.

Mazkur hujjat alohida ahamiyatga ega boʻlib, u ikki davlatning masʼul vazirliklari oʻrtasida aynan kasbiy taʼlim yoʻnalishiga bagʻishlangan rasmiy hamkorlik kelishuvi hisoblanadi.

Kelishuv doirasida tomonlar quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qiladi:
🔹 kasbiy taʼlim sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
🔹 dual taʼlim tizimini rivojlantirish;
🔹 sohani boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish;
🔹 taʼlim muassasalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish;
🔹 qoʻshma loyihalar va pilot tashabbuslarni amalga oshirish.

Hamkorlikni amaliy jihatdan rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston–Germaniya Qoʻshma ishchi guruhi tashkil etiladi. Ushbu platforma ikki mamlakatning taʼlim muassasalari, palatalari, tashkilotlari va korxonalari oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur muhim qadam Oʻzbekistonda mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish hamda Germaniyaning ilgʻor tajribasini keng joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish