Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’lim sifati yo‘lida muhim qadam

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–316-son qaroriga muvofiq  joriy yilning 3–5-iyun kunlari ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida faoliyat yuritayotgan 94 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustasini attestatsiyadan oʻtkazishning ikkinchi bosqichi tashkil etildi.

Unda 41 ta amaliyot turi bo‘yicha respublikaning 8 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarida oʻtkazildi. Jarayon davomida ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining nazariy bilimlari hamda amaliy koʻnikmalari Institut mutaxassislari raisligida tuzilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Mazkur attestatsiya jarayonlari kasbiy taʼlim tizimida pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, taʼlim sifati va samaradorligini taʼminlash, shuningdek, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish