Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti huzuridagi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ubaydullayev Mirjalol Baxodir o‘g‘lining 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Kasbiy taʼlim oʻquvchilarining oʻquv-bilish kompetentligini kredit-modul tizimi asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi, Otayarov Javohir Odiljon o‘g‘li “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyalar himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Himoya jarayonlarida tadqiqot ishlarining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati muhokama qilinib, ilgari surilgan g‘oya va takliflar yuzasidan savol-javoblar hamda ilmiy bahs-munozaralar olib borildi.
Institut huzurida tashkil etilayotgan mazkur dissertatsiya himoyalari kasbiy ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish, innovatsion metodikalarni shakllantirish hamda ta’lim jarayonining ilmiy-nazariy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish