Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2026-yil 4-iyun kuni navbatdagi Ilmiy-pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnalining faoliyati, kasbiy ta’lim tizimidagi dolzarb mavzular va ustuvor masalalarning yoritilish holati muhokama qilindi.

💠 Shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotlari uchun raqamli ta’lim kontentlarini ishlab chiqish, metodik ta’minotni raqamlashtirish hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot tinglandi.

💠 Kun tartibidan kasbiy ta’lim muassasalarining boshqaruv va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malaka oshirish dasturlariga xalqaro tajribalarni joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar ham o‘rin oldi.

💠 Yig‘ilish davomida turli masalalar ham ko‘rib chiqilib, muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish