Joriy yilning 20-may kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida ACWA Power hamda EWA Academy hamkorligida xalqaro mutaxassis Emas Jurayfani va Shirin energetika texnikumini rivojlantirish loyihasi rahbari Abdulmajid Azouz tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Kelajakni bashorat qilish va ko‘ra bilish mahoratini shakllantirish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida zamonaviy ta’lim jarayonida strategik fikrlash, istiqbolli rejalashtirish, innovatsion yondashuvlar hamda global mehnat bozori ehtiyojlarini oldindan tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tinglovchilarga kelajak kasblari, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ta’sirida yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qilish, muammoli vaziyatlarda tezkor va samarali qaror qabul qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Izoh qoldirish