2026-yil 20-may kuni Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti direktori Kadirov Xayot Sharipovich hamda Belarus Respublikasi kasbiy ta'lim soхasi mutaxassisi Golubovskiy Valeriy Nikolaevich o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, amalga oshirilgan loyihalar natijalari hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Jumladan, Golubovskiy Valeriy Nikolaevich tomonidan shu kunga qadar Institut bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan batafsil ma'lumot taqdim etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
💠 Belarus Respublikasining kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti faoliyati va mazkur institut bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
💠 Belarus Respublikasining tajribasi asosida Institutda kasblarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish, korxonalardan biriktirilgan ustozlar faoliyatini malakaviy rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlarni amaliyotga joriy etish;
💠 Institutni transformatsiya qilish bo‘yicha qaror loyihasini xalqaro ekspertlar ishtirokida takomillashtirish;
💠 Kasbiy standartlar va xalqaro ta'lim dasturlari asosida ishlab chiqilgan 60 ta ta'lim dasturlarini xorijiy ekspertlar xulosasi asosida takomillashtirish (Golubovskiy Valeriy Nikolaevich mutaxassis sifatida dasturlarni ekspertiza jarayoniga jalb qilish va ma'lum dasturlarni ekspertiza xulosasi uchun biriktirildi).
Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni kasbiy ta'lim tizimiga keng joriy etish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar. Golubovskiy Valeriy Nikolaevichni xalqaro ekspert sifatida institutimizning konsultanti qilib olishga kelishildi va kasbiy ta'limni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga maqsadli reja asosida kelishuvlarga erishildi.
Izoh qoldirish