Yangiliklar va e'lonlar

Ilmiy-pedagogik kengashda dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi

Joriy yilning 13-may kuni Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida Ilmiy-pedagogik kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida malaka oshirish tizimi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va yechimlari yuzasidan axborot va takliflar ko‘rib chiqildi:

💠 my.moqt.uz platformasini takomillashtirish va funksional imkoniyatlarini kengaytirish;

💠 hududiy fakultetlar faoliyatini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;

💠 professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish;

💠 institut infratuzilmasini yaxshilash hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;

💠 ishlab chiqarish ta'limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.


Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha, tanqidiy-tahliliy yondashuv asosida muhokama qilinib, ularni samarali amalga oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish