Uchrashuv davomida kasbiy ta’lim tizimida kattalar ta’limi bo‘yicha xalqaro tajribalarni joriy etish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda kattalar ta’limi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar jarayonida tomonlar avvalgi yillarda amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar natijalarini yuqori baholab, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, uchrashuvda Curriculum globALE xalqaro modullarini institutning rasmiy malaka oshirish dasturlariga integratsiya qilish, texnikum rahbarlari va pedagoglari uchun onlayn o‘quv kurslarini davom ettirish va kengaytirish, qo‘shma seminar, vorkshop va treninglar tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashildi. Tomonlar zamonaviy va barqaror onlayn kurslarni yaratish hamda kasbiy ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarida ham o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda hamkorlik memorandumini yangilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Izoh qoldirish