9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti barcha yurtdoshlarimizni, muhtaram faxriylarimizni hamda yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan insonlarni samimiy muborakbod etadi.
Bugungi tinch va osuda hayotimiz, musaffo osmonimiz va farovon kunlarimiz — ajdodlarimizning jasorati, matonati hamda Vatan ravnaqi yo‘lidagi beqiyos xizmatlari samarasidir. Ularning porloq xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi. Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Izoh qoldirish