Joriy yilning 5-may kuni “Kasblar festivali” doirasida “Kasbiy ta’limda ilg‘or xalqaro tajribalar asosida kadrlar tayyorlashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Mazkur anjumanda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan xorijiy ekspertlar, soha mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Konferensiyaning birinchi qismi “Alpomish” muz saroyida o‘tkazilib, kunning ikkinchi yarmida sho‘ba yig‘ilishlari Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida davom ettirildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan eng yaxshi 10 nafar ilmiy maqola mualliflari munosib rag‘batlantirildi.
Izoh qoldirish