Joriy yilning 4-15-may kunlari Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida “Pearson Education Limited” kompaniyasi ekspertlari – Saymon Toplis, Neil Uotkins, Saymon Guldon va Jois Xarvi ishtirokida “BTEC Educator” mavzusida amaliy seminar o‘tkazilmoqda.
Ushbu seminar ikki bosqichda tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi bosqich 4-8-may, ikkinchi bosqich 11-15-may kunlariga mo‘ljallangan. Unda xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan 14 ta texnikumdan jami 170 nafar pedagoglar hamda 12 nafar Institut mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quv jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish va tahlil etish, shuningdek baholash tizimini takomillashtirishdan iborat.
Izoh qoldirish