Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’limda Shveysariya bilan hamkorlik yangi bosqichi

2026 yil 4 may kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida Shveysariyaning rasmiy tashrifi doirasida Shveysariya Taraqqiyot va Hamkorlik Agentligi (SDC) rahbariyati bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Unda Kasbiy ta’lim agentligi boshqarma boshlig’i F.Azimov, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori X.Kadirov hamda Shveysariya Taraqqiyot va Hamkorlik Agentligi (SDC) rahbariyati ishtirok etdi. Uchrashuvda О‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinib, “О‘zbekistonda kasbiy ta’lim islohotlarini qо‘llab-quvvatlash (VET4UZ)” loyihasining II bosqichi boshlangani alohida ta’kidlandi.

Muhokamalar davomida:
loyihaning I bosqichida erishilgan asosiy natijalar va xulosalar, II bosqich doirasidagi kelgusi hamkorlik yо‘nalishlari, kasbiy kо‘nikmalarni rivojlantirish, institusional salohiyatni mustahkamlash hamda kasbiy ta’limni mehnat bozori talablariga yanada moslashtirish masalalari kо‘rib chiqildi. Uchrashuv Shveysariya va О‘zbekiston о‘rtasidagi mustahkam hamkorlikni yana bir bor tasdiqlab, zamonaviy, sifatli va talabga javob beruvchi dual kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan umumiy maqsadlarni aks ettirdi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish