Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti huzuridagi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi  fan doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti huzuridagi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda institutning doktorantlari Otabayev Iskandar Abdugʻaniyevichning “Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish texnologiyasi” mavzusidagi hamda Kadirova Gulnora Xasanovnaning "Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida o‘quvchilarni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish" mavzusidagi 13.00.05 — “Kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalar himoyasi o'tkazildi.

Himoya jarayonlarida tadqiqot ishlarining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati muhokama qilinib, ilgari surilgan g‘oya va takliflar yuzasidan savol-javoblar hamda ilmiy bahs-munozaralar olib borildi.

Institut huzurida tashkil etilayotgan mazkur dissertatsiya himoyalari kasbiy ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish, innovatsion metodikalarni shakllantirish hamda ta’lim jarayonining ilmiy-nazariy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish