Institutida texnikumlarda faoliyat yuritayotgan Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi bosh mutaxassislari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Masofaviy shaklda o‘tkazilgan seminarda Kasbiy ta’lim agentligi mas’ullari, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti professor-o‘qituvchilari hamda texnikumlarning 620 nafar ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi bosh mutaxassislari ishtirok etdi.
Mazkur seminar, avvalo, texnikumlarning ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limiga yangi ishga qabul qilingan xodimlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ularning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash hamda ta’lim sifati boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.
Bunday seminarlar texnikumlarda ta’lim sifati boshqaruvini yanada kuchaytirish, mas’ul xodimlarning professional salohiyatini oshirish va kasbiy ta’lim tizimida samaradorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Seminar davomida ishtirokchilarga ta’lim sifatini ta’minlash tizimini samarali tashkil etish, ichki sifat nazorati mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, faoliyatni rejalashtirish va monitoring jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar hamda amaliy metodik ko‘rsatmalar berildi.
Izoh qoldirish