Yangiliklar va e'lonlar

Ta'lim dasturlarini yangilashda muhim qadam

Kasbiy ta’lim dasturlari uzviyligini ta’minlash hamda xalqaro ta’lim dasturlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Shvesariyaning “Helvetas” loyiha vakillari, Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston mehmonxonalar va Oshpazlar uyushmalari, Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi, shuningdek Andijon, Buxoro, Zomin, Marg‘ilon, Xiva, Bo‘stonliq hamda Toshkent turizm va madaniy meros texnikumlarining tajribali mutaxassislari va pedagoglari ishtirok etdi.

Tadbir davomida 2026-2027-o‘quv yili uchun turizm sohasiga oid kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mazkur tashabbus sohada zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish