Yangiliklar va e'lonlar

Navbatdagi PhD dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti huzuridagi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda institutning tayanch doktoranti Nosirov Bunyodjon G‘offorali-o‘g‘lining 13.00.05 — “Kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Masofaviy ta'lim orqali kasbiy ta'lim pedagoglarining testologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya qilindi.

Himoya jarayonida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati muhokama qilinib, ilgari surilgan g‘oya va takliflar yuzasidan savol-javoblar hamda ilmiy bahs-munozaralar olib borildi.

Mazkur tadqiqot kasbiy ta'lim tashkilotlari o'quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini baholashni samarali tashkil etish va baholash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish