Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’lim tizimi psixologlari malakasini oshirish bo‘yicha respublika trenerlari tayyorlandi.

Joriy yilning 14–17-aprel kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Kasbiy ta’lim agentligi hamkorligida “Kasbiy ta’lim tizimida shaxsni psixologik qo‘llab-quvvatlash” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan psixologlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni diagnostik, profilaktik, korreksion va rivojlantiruvchi faoliyatni zamonaviy yondashuvlar asosida samarali tashkil etishga tayyorlashdan iborat bo‘ldi.

Ushbu 36 soatlik malaka oshirish kursi doirasida hududlardan tashrif buyurgan 30 nafar psixolog respublika darajasidagi trener sifatida tayyorlandi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish