Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti tayanch doktorantlarining Turin politexnika universitetiga ilmiy-amaliy tashrifi

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti tayanch doktorantlari Toshkentdagi Turin politexnika universiteti hamda universitet qoshidagi akademik litseyga ilmiy-amaliy tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida doktorantlar universitetdagi ta’lim jarayonlari, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, ilmiy-axborot resurslari markazi, shuningdek, ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan moddiy-texnik shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tajribali professor-o‘qituvchilar va pedagoglar bilan kasbiy ta’lim metodologiyasi, kompetentlikka asoslangan yondashuv hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar yuzasidan mazmunli fikr almashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tashrif doktorantlarning dissertatsiya tadqiqotlari uchun muhim ilmiy-amaliy asos yaratib, institutlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish