Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti hamda “Mebel va yog‘ochsozlik” ‎uyushmasi va Anjir Group - dillerlik kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv ‎bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda:
- Uchrashuv davomida xorijiy hamkorlarni jalb qilish;‎
- Xorijiy kasbiy ta’lim dasturlarini mahalliylashtirish;‎
- O‘zbekistonda “Mebel va yog‘ochsozlik” uyushmasi va Anjir Group - ‎dillerlik kompaniyasi bilan birgalikda pedagog o‘qituvchilar va soha ‎mutaxassislarini o‘qitishni tashkil etish;‎
- Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;‎
- Tajriba almashinish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;‎

Shuningdek bugungi kunda “Mebel va yog‘ochsozlik” bo‘yicha Respublikamiz ‎hududida 5 000 ga yaqin ishchi kasblarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlar mavjudligi va ‎ularni mehnat bozori talablari asosida o‘qitishda hamkorlik qilish bo‘yicha ‎taviyalar berildi. Sohada faoliyat yuritayotgan pedagog o‘qituvchilarni qisqa ‎muddatli malakasini oshirish va tajriba almashuvini kuchaytirish bo‘yicha fikr ‎almashdilar.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish