O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-316-son qaroriga muvofiq, kasbiy standartlar hamda xalqaro ta’lim dasturlari asosida 60 ta zamonaviy kasbiy ta’lim dasturlari ishlab chiqilmoqda.
Ayni paytda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti mutaxassislari Ishchi guruh a’zolari bilan hamkorlikda yangi modulli ta’lim dasturlarini yaratish ustida samarali ish olib bormoqda.
Ushbu muhim jarayonda faol ishtirok etayotgan barcha soha mutaxassislari va pedagoglarga minnatdorlik bildiramiz.
Izoh qoldirish