Yangiliklar va e'lonlar

O‘zbekiston va Belarus kasbiy ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti hamda Belarus Respublikasi Professional ta’lim instituti rektori Golubovskiy Valeriy Nikolaevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda:
-kasbiy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
-xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish;
-ilg‘or Belarus tajribalarni tatbiq etish;
-ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti hamda Belarus Respublikasi Professional ta’lim instituti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, joriy yil iyun oyida Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan ta’lim forumini tashkil etilishi yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Bundan tashqari o‘quvchilar va pedagoglar uchun stajirovkalarni tashkil etish, xalqaro tan olinadigan sertifikatlash tizimini joriy etish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim dasturlarini integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish