2026-yil 13–14-mart kunlari respublikaning barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Hashar davomida Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti hududi va uning atrofi obodonlashtirilib, daraxtlarga agrotexnik ishlov berildi, ariqlar tozalandi, gullar ekildi.
Bunday tadbirlar atrof-muhitni asrash, hududlarni obod va fayzli saqlash, shuningdek, jamoada ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Izoh qoldirish