Kuni kecha Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida institutda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar samimiy qutlanib, ularga ehtirom va hurmat ko‘rsatildi. Bayram doirasida konsert dasturi tashkil etilib, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida ayollarning jamiyatimiz taraqqiyoti va ta’lim tizimidagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etilib, ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Izoh qoldirish