O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktoriga ta’lim mazmunini ta’minlash bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etilgan bo‘lib, mazkur lavozimga xorijiy mutaxassisni jalb etish belgilangan. Shu munosabat bilan institutda Germaniyalik malakali mutaxassis Tomas Luks bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida kasbiy ta’lim tizimida xalqaro tajribalarni joriy etish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh qoldirish