Yig‘ilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2026-yil 23-yanvardagi topshirigʻiga muvofiq, harbiy xizmat nufuzini yanada oshirish hamda askarlarni kasbga o‘qitish maqsadida 3–6 oylik qisqa muddatli o‘quv kurs dasturlarini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 Dual ta’lim asosida modulli hamda xalqaro ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish ishlari;
🔹 Kafedra professor-o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishi, milliy va xalqaro ta’lim standartlarini o‘rganish hamda tajriba almashish jarayonlari;
🔹 2026-yil II chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada faollashtirish masalalari.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Izoh qoldirish