Yangiliklar va e'lonlar

Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasaba uyushmasining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi.

Joriy yilning 19-fevral kuni Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasaba uyushmasining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut direktori, kasaba uyushmasi a’zolari hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar va Olmazor tuman bo‘linmalari Kengashi vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala - ochiq va shaffof ovoz berish yo‘li bilan boshlang‘ich kasaba uyushma raisi hamda qo‘mita a’zolari saylash bo'ldi. Saylov jarayoni amaldagi qonunchilik  talablariga muvofiq tashkil etildi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, 100 foiz ovoz bilan Giyasov Javlonbek Shavkatovich institut kasaba uyushmasi raisi etib saylandi.

Yig‘ilish yakunida yangi saylangan rais va qo'mita a'zolari zimmasiga jamoa huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnat muhofazasini ta’minlash hamda ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish