Yangiliklar va e'lonlar

Xalqaro ta'lim dasturlari asosida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun, 18-fevral kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi PQ-316-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalqaro ta'lim dasturlari asosida yangilanadigan kasbiy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha koordinatorlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda - Kasbiy ta'lim agentligi tomonidan tasdiqlangan kasblar kesimida ishchi guruhlarni shakllantirib, belgilangan muddatlarda xorijiy tajribalarni o'rgangan holda ta'lim dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha har bir koordinator mas'ulligi belgilab berildi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish