Yangiliklar va e'lonlar

Bugun 17-fevral kuni Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida Ilmiy-pedagogik kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi.

Institut navbatdan tashqari kengashining yig‘ilishida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi PQ–316-son qarori asosida tashkil etiladigan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” Respublika kasbiy mahorat tanlovining birinchi va ikkinchi bosqichlari uchun ishlab chiqilgan kasblar bo'yicha tavlov topshiriqlari, sxemasi, jihozlar ro'yxati, ishlatiladigan xomashyo materiallari, baholash mezonlari muhokama qilindi.

Shuningdek, kun tartibida quyidagi:
Institut kafedralarining o‘quv yuklamalarini maqbullashtirish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv-uslubiy hujjatlarni takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish hamda ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish masalalari ko'rib chiqildi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish