Yangiliklar va e'lonlar

Bobur merosi – ma’naviyatimiz poydevori

2026-yil 14-fevral kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Boburning serqirra hayoti va boy ilmiy-adabiy merosi, xususan, uning mashhur asari — Boburnomaning tarixiy va adabiy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.       

Shuningdek, uning davlat boshqaruvi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida Bobur g‘azallari o‘qildi hamda ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilar buyuk ajdodimizning boy ma’naviy merosi va ibratli hayot yo‘li haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar. 

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni chuqur o‘rganish, uni asrab-avaylash hamda kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish