A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutda o‘tkazilayotgan 3 kunlik treningda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNESCO hamkorligida, Ishonch jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida tashkil etilgan mazkur trening dasturining 3-moduli bo‘lib, avvalgi bosqichlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Trening jarayonlariga institutimiz mutaxassislari bilan bir qatorda Buxoro, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlaridan saralangan trenerlar jalb qilingan. Jami 21 nafar master-trener ishtirok etmoqda.
Kelgusida ushbu master-trenerlar 300 nafar mentorni tayyorlashda yetakchi rolni bajaradi.
Izoh qoldirish