Yangiliklar va e'lonlar

“Navoiyga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

✨Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida “Navoiyga ehtirom” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda rahbar-xodimlar, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar faol ishtirok etdi. Tadbirda Navoiy hayoti va ijodi, uning adabiyotimiz va ma’naviyatimizdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shoir asarlaridan parchalar o‘qildi, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilarda yuksak ma’naviy ruh va katta taassurot qoldirdi.

💠Eslatib o‘tamiz, bu yil buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning tavalludiga 585 yil to‘ldi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish