Yangiliklar va e'lonlar

Ilmiy-pedagogik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishni Kengash raisi S.Kazakova ochib berdi va Ilmiy-pedagogik kengashning yangi tasdiqlangan tarkibi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Shundan so‘ng, kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglanib, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifati va pedagog kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Institutda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, doktorantlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiya mavzularining dolzarbligi, ularning amaliy ahamiyati hamda kelgusida himoyaga tavsiya etiladigan ishlar bo‘yicha atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.

Yig‘ilish yakunida kasbiy ta’lim tizimi va Institut faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.



Rating: 5,0 / 5

Izoh qoldirish