Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan 2026-yil uchun rejalashtirilgan chora-tadbirlar rejasi muhokamasiga bag'ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim dasturlarini zamonaviy talablar asosida yangilash, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Izoh qoldirish