Yangiliklar va e'lonlar

2026-yil 5-fevral kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti tayanch doktorantlari Shayxontohur tuman texnikumiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida texnikumdagi ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro ta’lim dasturlari hamda moddiy-texnik baza bilan tanishildi. Hozirda ushbu muassasada bir qator texnik va kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab “Elektromobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” kasbi bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasining Anxuy suv xo‘jaligi va muqobil energiya kolleji bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish