Temirov Xushnud Jamolovich Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mehnat faoliyatini Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida boshlagan. Tayinlovga qadar u Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining o‘quv bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida boshlagan. Tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish