Yangiliklar va e'lonlar

Tizimni hamkorlikda rivojlantirish yo‘lida

2026-yil 3-fevral kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy standartlar va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori S. Kazakova, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti direktori A. Allaberganov hamda ikki tomon vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati, tarmoq kengashlari, mashg‘ulotlar milliy klassifikatori, ilg‘or xorijiy tajribalar, malakani baholash markazlari hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr va muhohazalar almashinildi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish