Yangiliklar va e'lonlar

Malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan uchrashuv

📍Joriy yilning 30-yanvar kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori S. Kazakova tomonidan yanvar oyida tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  ✨Uchrashuv davomida malaka oshirish kurslari jarayonida tinglovchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalar, o‘quv jarayonining samaradorligi hamda amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

🔖Shuningdek, kurslar mazmunini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tinglovchilarning takliflari muhokama qilindi va so'rovnoma olindi.



Rating: 5,0 / 5

Izoh qoldirish